Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan boʻldi

11:08 03 Iyun 2019 Iqtisodiyot
325 0

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qaroriga asosan 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qoʻyilgan edi. Ammo narxlar oshirilmadi.

Sababi yoqilgʻi-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha bozor mexanizmlariga oʻtishning isteʼmolchilarga taʼsirini yengillashtirish maqsadida 2019-yil 31-mayda Vazirlar Mahkamasining yangi qarori imzolandi.

“Yoqilgʻi-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi mazkur qaror bilan 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.

Mazkur qaror bilan sohaga oid boshqa yangiliklar ham amaliyotga joriy etilmoqda. Bizni kuzatib boring, sizni ular bilan ham tanishtirib boramiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?