Tabiiy ofatlar 3 milliard yevro zarar yetkazdi

17:02 08 Noyabr 2018 Dunyo
768 0

Italiyada noqulay ob-havo tufayli roʻy bergan tabiiy ofatlar oqibatida koʻrilgan zarar 3 mlrd. yevroni tashkil etdi. Bu haqda ANSA agentligi mamlakat infratuzilmalar va transport vaziri Danilo Toniyelli maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Kuchli shamollardan aziyat chekkan Liguriya okrugiga tashrif buyurgan vazir mintaqada favqulodda vaziyat eʼlon qilinishini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, yaqin kunlarda Vazirlar kengashi majlisi boʻlib oʻtadi va unda noqulay ob-havo sabab jabr koʻrgan tumanlarni tiklash uchun masʼul komissar tayinlanadi.

Maʼlumot uchun, Apennin oroliga bostirib kelgan surunkali yomgʻirlar, ayniqsa, Sitsiliya, Veneto, Kalabriya, Sardiniya va Liguriya hududlariga jiddiy zarar yetkazdi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, bunday ofat 30 dan ortiq kishining hayotiga ham zomin boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?