Tabiatning noyob hodisasi. Qizil qor yog‘di (foto)

17:03 27 Mart 2018 Dunyo
1034 0

Kecha Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan qum bo‘ronlari tufayli Gruziyaning Ajariya mintaqasidagi Goderdzi tog‘ chang‘i kurortida qizil qor yog‘di. 

Bu noyob hodisaga oid fotosuratlar mazkur dam olish maskanining “Facebook”dagi ijtimoiy sahifasiga joylashtirildi.

“Interfaks”ning xabar berishicha, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan qum bo‘ronlari sabab samoga ko‘tarilgan mayda qizil chang zarralarini havo oqimi Qora dengiz mintaqasi tomon olib ketgan. 

Mutaxassislarning aytishicha, chang nafaqat qor va yomg‘irga o‘ziga xos rang berib yerga tushadi, balki havoda ma’lum vaqt “osilib” ham turadi. Shuning uchun Gruziyadagi bir nechta hududlarda osmonni sariq “tutun” qoplab turdi. 

Sinoptiklar bunday tabiat hodisasi odamlar uchun ham, ekologiya uchun ham zararli emasligini ma’lum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?