“Svet” narxi kamida 3 yil oʻzgarmaydi

15:50 17 Aprel 2019 Jamiyat
247 0

Hukumat qarori (310-son, 13.04.2019 y.) bilan 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energiya tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Hujjat bilan, tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Isteʼmolchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar boʻyicha foydalanishini taʼminlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023 yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich oʻtiladi.

2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

Oʻzaro maqbul tariflarni belgilash orqali isteʼmolchilar va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari belgilandi.

Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy taʼsirga duchor etilmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?