Suzish bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 10ta medalga ega chiqdi

17:01 11 Iyun 2018 Sport
272 0
Fotо: olympic.uz

7-11 iyun kunlari Germaniyaning Berlin shahrida paralimpiyaning suzish turi bo‘yicha Jahon kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 67ta davlatdan 592 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.

Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli musobaqada 2ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza, umumiy hisobda 10ta medalni qo‘lga kiritishdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2ta jahon va 7ta Osiyo rekordlarini yangilaganliklarini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim.

Terma jamoamiz sportchilarining musobaqadagi natijalari:

Islom Aslanov:

50 m. krol – oltin, Osiyo rekordi

100 m krol – oltin, Osiyo rekordi

50 m batterflyay – bronza, Osiyo rekordi

100 m batterflyay – bronza, Osiye rekordi

Dmitriy Xorlin:

800 m erkin usulda – kumush, Jahon rekordi

200 m. kompleks – bronza, Osiyo rekordi

Muzaffar Tursunxo‘jayev:

200 m batterflyay – bronza, Osiyo rekordi

50 m krol – bronza

Firdavsbek Musabekov:

50 m brass – kumush, Jahon rekordi

200 m brass – bronza, Osiyo rekordi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?