Suv toshqinlari va jazirama tufayli Yaponiyada 65 kishi hayotdan ko‘z yumdi

15:45 24 Iyul 2018 Dunyo
270 0
Foto: Телеграф

Yaponiya hududining katta qismida kuzatilayotgan jazirama oqibatida 65 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 22,5 mingdan ortiq inson oftob urishi tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Tokio shahri, Aiti, Osaka, Saitama, Xyogo, Tiba va Kioto muzofotlari aholisi ob-havoning keskin ko‘tarilib ketishidan eng ko‘p aziyat chekyapti. Ularning asosiy qismi keksalardir.

Kunchiqar yurtida issiq havo ikki hafta oldin bir necha kun davom etgan surunkali yomg‘ir, suv toshqinlaridan so‘ng kirib keldi. Ko‘plab hududlarda termometr Selsiy bo‘yicha 35 darajani ko‘rsatib turdi.

O‘tgan dam olish kunlaridan boshlab esa bu raqam 40, kechadan 41,1 darajaga yetgan. Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich Saytama muzofoti Kumagaya shahrida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Yaponiyada eng yuqori issiq harorat(41 daraja) 2013 yil Koti tumanida kuzatilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?