Surxondaryoda YTH natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

10:22 24 Iyul 2018 Jamiyat
370 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1572 kilometrida harakat xavfsizligi bilan bog‘liq hunuk hodisa sodir bo‘ldi.

O‘zA xabariga ko‘ra, “VAZ-2106” rusumli davlat belgisi 75 Ye 482 AA avtomashinasi Qumqo‘rg‘on – Jarqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Matiz” rusumli davlat belgisi 75 S 094 JA avtomashinasi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda “Matiz” haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi hamda “VAZ-2106” rusumli avtomashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Bir yo‘lovchi va “VAZ-2106” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?