Surxondaryoning birgina tumanida qiymati 212,13 mlrd soʻmlik 100 dan ortiq yangi loyiha ishga tushiriladi

13:47 25 Sentyabr 2018 Jamiyat
748 0

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda qiymati 212 milliard 135 millon soʻmlik 111 yangi loyihani ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Bu haqda Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishida maʼlumot berildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi matbuot xizmati.

Hozirgi kunga qadar jami qiymati 41 millard 109 millon soʻmlik 54 loyiha ishga tushirilgan boʻlib, buning natijasida 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Tumanda yetishtirilayotgan meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlashga moʻljallangan qiymati 11 millon 22 ming dollarga teng boʻlgan loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, loyiha doirasida 80 dan ortiq kishining bandligi taʼminlanishi koʻzda tutilgan.

Hozirgi kunda tumandagi barcha korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi eksport qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda hududda yana bir loyiha – ingichka tolali paxtani qayta ishlash orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?