Surxondaryoning 9 ta hududida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

13:48 02 Aprel 2018 Hujjatlar
735 0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjat viloyatda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o’rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko’ra viloyatning 9 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat ko’chmas mulki tadbirkorlik sub’ektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o’rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Kichik sanoat zonalarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkasi belgilanadi,  deb yozadi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?