Surxondaryolik bog‘bonlar 40 tonnadan ortiq o‘rikni eksport qilishdi

14:57 10 May 2018 Iqtisodiyot
303 0

Havo iqlimining o‘ziga xosligi sabab mamlakatimizda o‘rik birinchi bo‘lib Surxondaryo viloyatida pishadi.

Shundan ham ayni kunlarda vohaning Termiz tumanida yetishtirilayotgan ertapishar o‘rik mahsuloti peshma-pesh eksport qilinmoqda. Termiz tumani “Salovot” mahallasidagi bog‘larida pishgan o‘rikning dastlabki xaridori Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri bo‘ldi. Bir fursat avval bu yerdan 18 tonna o‘rik ortilgan ilk yuk mashinalari Rossiyaga qarab yo‘l oldi. Mahalliy  aholi o‘zlari yetishtirgan o‘riklarning har bir kilogramini 7000 so‘mdan eksportchilarga topshirmoqdalar. 

O‘rik mahsulotining eksportida bojxona rasmiylashtiruvi tadbirkorlarga qulay bo‘lgan vaqtda, 24 soat mobaynida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu jarayon qisqa muddatlarda, sifatli davlat xizmatini ko‘rsatish asnosida amalga oshirilmoqda. Ayni shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan “Termiz” va “Jarqo‘rg‘on” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarini tadbirkorlar bilan bevosita birgalikda ijobiy yechimini topishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash guruhi katta inspektor-eksperti Sardor Omonovning aytishicha, aprel oyi oxirlaridan boshlangan o‘rik mahsulotining eksport ko‘rsatkichi bugunga qadar 40 tonnadan oshdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?