Surxondaryolik 6-sinf oʻquvchisi “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri” boʻldi

00:58 31 Avgust 2019 Jamiyat
120 0

Yurtimizda oʻquvchi-yoshlar orasida ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shundan, toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitob mutolaasi vakitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha turli tanlovlar tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan kitobxonlikni targʻib qilish orqali oʻquvchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil, tanqidiy fikrlash koʻnikma va malakalarini shakllantirish, maʼnaviy tahdidlarga nisbatan sogʻlom immunitetni rivojlantirish maqsadida “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Bu haqda XTV xabar berdi.

Ushbu koʻrik-tanlov 4 bosqichda (maktab, tuman-shahar, hudud, respublika) oʻtkazildi.

Bugungi kunga qadar koʻrik-tanlovning maktab, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning mart-may oylarida oʻtkazilib, unda umumtaʼlim maktablarining 3,2 mingdan ortiq 5-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Koʻrik-tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 28-avgust kuni Jizzax viloyati bolalar kutubxonasida boʻlib oʻtdi. Unda hududlardan jami 28 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Koʻrik-tanlovda 4 ta yoʻnalish, yaʼni Vatan, muhabbat va ezgulik, tabiat va atrof-olam, ijtimoiy hayot haqida sheʼr yozish orqali gʻoliblar aniqlandi.

“Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari vazirlikning diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?