Surxondaryoda Yangi yil shukuhi (Fotoreportaj)

12:35 21 Dekabr 2018 Jamiyat
1482 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham ana shu bayram shukuhi hukmron. Korxona, tashkilot, taʼlim va tibbiyot muassasalari bayramona bezatilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Termiz shahridagi Mustaqillik maydonida 35,5 metrlik ulkan, salobatli archa oʻrnatilib, rang-barang oʻyinchoq va chiroqlar bilan bezatilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Bayram kunlari Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, shuningdek, koʻplab badiiy jamoalar, folklor-etnografik ansambllari yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, obod turmush manzaralari hamda odamlar ongu shuuridagi tub oʻzgarishlar, yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan qiziqarli dasturlarni namoyish etishishi koʻzda tutilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Termiz shahridagi Markaziy dehqon bozori, Mustaqillik maydoniga tutash At-Termiziy koʻchasidagi saylgoh va barcha tumanlar markazida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari hamda bayram sovgʻalarini arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida taʼminotchi korxona, agrofirma va fermer xoʻjaliklari biriktirilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Savdo yarmarkasida bayram dasturxoni toʻkin-sochinligini taʼminlovchi noz-neʼmatlar arzonlashtirilgan narxda savdo qoʻyilgan. Bayramona bezatilgan koʻcha va xiyobonlar bahri dilingni ochadi. Axir, bayram mana shunday munosib tayyorgarlik va shodu-xurramlik bilan qarshilanishi kerak-da”, deydi Termiz shahrida yashovchi Feruza Turopova.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Bayram arafasida rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan Termiz shahri koʻchalari nafaqat shaharliklarga balki mehmonlarga ham bir olam zavq-shavq, koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda. Odamlar qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uygʻotmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?