Surxondaryoda uch yil suvsiz yashagan mahallaga yana suv keldi

16:03 05 Iyul 2018 Jamiyat
216 0
Illyustrativ foto

Suv obi hayot. Usiz bir lahzani-da tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, toza ichimlik suvi oltinga teng. Ruhimiz tetik, jismimiz sog‘lom bo‘lishida uning o‘rni beqiyos.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon Maslahattepa” mahallasi aholisi ham 3 yildan buyon ana shu ne’matdan bebahra yashab kelayotgan edi. Mahalla fuqarosi Menglimurod Rasulov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatida mazkur muammo yuzasidan amaliy ko‘mak so‘ragan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, murojaat tuman jamiyati va “Suvoqava” DUK tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham bundan uch yil avval qishloqdagi suv minorasida nosozlik kelib chiqqani bois, toza ichimlik suvi kelmay qolgani aniqlandi. Tuman jamiyatining bergan moliyaviy yordami sababli qishloqqa toza ichimlik suvi yana kela boshladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?