Surxondaryoda salkam 21 kilogramm marixuana saqlanayotgan xonadon fosh etildi

09:33 21 Oktyabr 2019 Jamiyat
131 0

Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir oʻtkazdi, deb xabar berdi DBQ matbuot xizmati.

Tadbir davomida fuqaro X.B. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari choʻntaklarida oʻn toʻrt dona qogʻoz parchalariga oʻralgan 18,43 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.B.ning koʻrsatmasiga asosan, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sh ning xonadoni ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida hovli tomorqasida 1 tup nasha giyohvandlik oʻsimligi paravarishlanayotganligi, hamda yordamchi xoʻjalikda polietilen qoplar va gugurt kutilarida umumiy ogʻirligi 20 kilogramm 825 grammni tashkil etuvchi marixuana giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?