Surxondaryoda saylov komissiyalari faollari qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi

11:05 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
123 0

Xabaringiz bor, 2019-yil 22-dekabr kuni «Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar!» shiori ostida oʻtkazilgan Parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlar yuqori saviyada va koʻtarinkilik bilan tashkil etildi va bu xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari tomonidan ham yuksak baholandi.

Albatta, saylov jarayonini tashkil qilish va uni oʻtkazish oʻziga xos murakkab va mashaqqatli vazifalardan iborat boʻlib, ularni qonuniylik, adolatlilik, xolislik prinsiplari asosida tashkil etish va oʻtkazish asosan saylov komissiyalari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.

Markaziy saylov komissiyasining saylov yakunlangandan soʻng saylov komissiyalari faollarini taqdirlash toʻgʻrisida qarori qabul qilingan edi. Biroq, COVID-19 virusi pandemiyasi tufayli ushbu qarorni ijrosi muayyan muddatga kechiktirildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida ana shu mukofotlanganlarni taqdirlash marosimida bu haqda soʻz yuritildi.

Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov saylovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishga samarali hissa qoʻshgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislari, viloyat saylov komissiyasi raisi, shuningdek Markaziy saylov komissiyasi aʼzosiga “Markaziy saylov komissiyasi” yozuvi tushirilgan qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?