Surxondaryoda “Prezident archasi” tadbiri boʻlib oʻtdi

13:34 29 Dekabr 2018 Jamiyat
366 0

Termiz shahridagi “Afroʻz” tantanalar saroyida “Prezident archasi” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga shodlik ulashish maqsadida uyushtirilgan ushbu tadbirga ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oila farzandlari hamda 12-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar davomida Prezident sovgʻalari bolajonlarga ulashildi.

“Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan Yangi yil sovgʻasi qalbimizga shodlik, quvonch baxsh etdi.Bizga koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrlikka javoban aʼlo baholarda oʻqib, Vatanimizga munosib farzand boʻlib yetishishga astoydil intilaman”, -deydi 12-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Sevinch Ashuraliyeva.

Prezident archasi tadbiri sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga ulanib, bolajonlarga bir olam zavq-shavq ulashdi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?