Surxondaryoda mol bozorida chiqqan janjal qotillikka sabab bo‘ldi

18:28 11 Iyun 2018 Jamiyat
291 0

10 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, tumanda yashovchi A.Ch. “Achamoyli” qoramol bozorida o‘zaro janjal oqibatida Mustaqillik mahallasida yashagan A.A.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada A.A. voqea joyida vafot etgan. A.Ch. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?