Surxondaryoda mast holdagi shaxs ko‘prikdan yiqilib vafot etdi

16:52 19 Iyun 2018 Jamiyat
233 0
Illyustrativ foto

18 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mudhish hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Termiz shahrida yashagan, I.E. mast holda Uzun tumanidagi O‘zbekiston mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Obizarang” daryosi ustidagi temir yo‘l ko‘prigidan o‘tayotib ehtiyotsizligi oqibatida pastga yiqilib tushgan.

Natijada u, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?