Surxondaryoda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi. Ikki kishi halok boʻldi

13:19 30 Iyun 2020 Jamiyat
137 0

Illyustrativ foto

Qiziriq tumanida 2020-yil 29-iyun kuni taxminan soat 23.50 lar chamasida, tumanning “Zarbdor” mahallasi hududidan oʻtuvchi “Qiziriq-Bandixon” 4R-100 avtomobil yoʻlining 81 kilometrida, tumanning “Oqjar” mahallasida yashovchi T.Z. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan, tumanning “Hamkon” mahallasida yashagan, X.Oʻ. boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashgan vaqtida VAZ-21011 rusumli avtomashinasida yongʻin chiqib yonib ketgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi

"Natijada VAZ-21011 rusumli avtomashinasi haydovchisi, X.Oʻ. va yonida boʻlgan yoʻlovchisi tumanning “Zarbdor” mahallasida yashagan, J.A.lar, “yongʻindan kuyish kabi hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir” tan jarohati olishib voqea joyida vafot etishgan. Holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yongʻinga 2 ta ekipaj chiqib soat 00.05da, oʻrab olinib, soat 00.15 da, yongʻin oʻchirilgan" deyiladi xabarda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?