Surxondaryoda YTH natijasida ikki kishi vafot etdi

16:04 25 Iyun 2018 Jamiyat
348 0
Illyustrativ foto

23 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi U.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Sherobod tumanining Guliston mahallasidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1394-km.da boshqarib ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan Uchyog‘och mahallasida yashovchi K.X. boshqaruvida bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Tiko” avtomashinasi yo‘lovchilari, Zarabog‘ mahallasida yashagan, A.R. va Poshxurt mahallasida yashagan B.Q. olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?