Surxondaryoda yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi vafot etdi

15:16 31 May 2018 Jamiyat
1001 0

30 may kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi M.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinani Chinor va Zardako‘l mahallasini tutashtiruvchi yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi tepalikka urilishi oqibatida avtomashina ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari, haydovchi M.S.ning 9 yoshli qizi B.H. va 53 yoshli X.J. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boysunda YTH natijasida 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?