Surxondaryoda harbiylar va yoshlar ishtirokida Prezident vazifasi ijrosi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmoqda

16:41 25 Oktyabr 2019 Jamiyat
179 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Denov tumanidagi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismda boʻlib, askarlarning maʼnaviyatini oshirish boʻyicha bir qator topshiriqlar bergan edi.

Xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholining, ayniqsa chegaraga yondosh tumanlarda istiqomat qiluvchi aholining faol fuqarolik pozitsiyasini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishini shakllantirish, harbiy xizmatchilarning ongiga Surxondaryo viloyatining etnomadaniy anʼanalari va madaniyatni singdirish (baxshichilik, doston oʻqish) boʻyicha faol hamkorlikdagi tadbirlar tashkillashtirilishini alohida taʼkidlagan edilar.

Ushbu vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida yigitlik burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning ongiga viloyatning etnomadaniy anʼanalari va madaniyatni singdirish maqsadida Termiz arxiyeologik muzeyida yurt himoyachilari va yoshlar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda muzey boʻlim mudiri Sherzod Radjapov tomonidan eng qadimgi davrlar (xonlik davrigacha boʻlgan vaqt) yuzasidan tushuncha va koʻnikmalar berib oʻtildi.

Shu kuni tadbir doirasida Surxondaryo viloyatiga xos boʻlgan badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Oʻquvchi yoshlar uchun rasm chizish boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?