Surxondaryoda harbiy xizmatchilar Hayit bayramini yangi uylarda kutib olishadi

16:51 04 Iyun 2019 Jamiyat
332 0

Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi.

Harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Xayrobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga moʻljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Yangi xonadonga ega boʻlgan harbiylar yuzidagi quvonch marosimga haqiqiy bayram shukuhini ulashdi. Zamonaviy uylar kalitini qoʻlga olar ekan, harbiylarimiz Vatan oldidagi burchini bundan keyin ham sadoqat bilan bajarishga vaʼda berdilari.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yil rejasi boʻyicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?