Surxondaryoda erkak rashk tufayli sobiq turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi

10:29 19 Iyul 2018 Jamiyat
504 0
Illyustrativ foto

17 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi muqaddam sudlangan M.A. qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi

Qayd qilinishicha, tumanning “Yangihayot” MFY hududida rashk tufayli shu mahallada yashagan sobiq, rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i F.E.ni ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?