Surxondaryoda bojxonachilar portlovchi moddani ushlab qolishdi

15:03 11 Yanvar 2019 Jamiyat
366 0

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari qoʻshni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi xabar berdi.

Mazkur holatda ham tungi soat 2.00larda Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan oʻtkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining koʻz ilgʻamas joyiga qizgʻish rangli “Trotilovaya shashka ves 200 gramm” nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, toʻxtatib qolingan.

Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019