Surxondaryoda “Bir million daraxt” aksiyasiga start berildi

11:33 18 Noyabr 2019 Jamiyat
837 0

Surxondaryo viloyatida “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Bir million daraxt” shiori ostidagi aksiya boshlandi.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi mustaqillik maydonida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzlaganlar tabiat inʼom etgan yashil boyliklar insoniyatning bebaho mulki, noyob xazinasi ekanini takidlab, barchani ekologik barqarorlikni taʼminlash, yashil olamni asrab-avaylashga chaqirdilar. Viloyatda boshlangan ushbu aksiya ayni maqsaddagi xayrli harakat ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan mustaqillik maydoni hududiga 100 dan ziyod manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Aksiya tadbiri keng quloch yozib, bunday ezgu maqsadli ishlar viloyat markazidagi xiyobon va koʻchalarga, tashkilot, korxona va muassasalar hudidida, barcha shahar va tumanlarda davom etmoqda.

Ilhom Rahmatov, 
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?