Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

14:10 01 May 2019 Jamiyat
803 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Toʻra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

T.Bobolov 1970 yilda tugʻilgan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Xalq deputatlari qoʻllab-quvvatloviga koʻra Toʻra Bobolov viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Toʻra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat boʻlib, belgilangan vazifalarni toʻla bajarishiga ishonch bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?