Surxondaryo viloyatidagi mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarga 100 dan ortiq harbiy-jangovor texnikalar topshirildi

17:39 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
225 0

Termiz shahrida mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarga zamonaviy harbiy-jangovor texnikalar topshirildi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Toʻra Bobolov, Mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy qoʻshinlar qoʻmondonligi, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida harbiy sohada islohotni izchil amalga oshirish, ixcham va professional armiyani shakllantirish, tizimni qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan taʼminlash bilan birga harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirishdan koʻzlangan pirovard maqsad el-yurtimiz tinchligini taʼminlashdan iborat ekanligni taʼkidlashdi.

Tadbir davomida harbiylar jangovar koʻrgazmali chiqishlarni namoyish etishdi.

Taqdimot marosimida 100 dan ortiq harbiy-jangovar texnikalarning kaliti tantanali tarzda topshirildi. Shundan soʻng ular viloyatdagi harbiy qismlar tomon yoʻl olishdi.

Ilhom Rahmatov
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?