Surxondaryo viloyatida ham davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻzgardi

13:32 10 Mart 2019 Jamiyat
642 0

Foto: Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Eshmatov Srojiddin Togʻaymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi ONLINE”ga Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi vakili xabar berdi.

Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1999 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik lavozimidan boshlab, 27 yillik faoliyati davomida viloyat davlat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Srojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?