Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

20:45 23 Fevral 2020 Jamiyat
151 0

Foto: OʻzA

Bugun, 23-fevral kuni Termizda viloyat faollari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Surxondaryo viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shaharlarning toʻrtta sektor rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Toʻra Bobolov boshqarib borgan yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. 

Unda viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdisalom Xoʻjaqulov Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?