Surxondaryo viloyati hokimi oʻzi tahsil olgan maktabga kitoblar va sport anjomlari sovgʻa qildi

16:37 08 May 2019 Jamiyat
605 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni keng targʻib qilish, oʻgʻil-qizlarga kitobga mehr uygʻotish hamda har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga doir ezgu tashabbusiga binoan Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov oʻzi tahsil olgan Angor tumanidagi 18-maktabga 100 dan ortiq eng sara kitoblar va zarur sport anjomlarini sovgʻa qildi.

Har bir inson kamolotida oʻqituvchi-murabbiylarning oʻrni beqiyosdir. Ilm-maʼrifat sirlarni oʻrgatib, katta hayotga yoʻllanma bergan ustozlarga qarzdorlik tuygʻusi kishi qalbida umrbod saqlanishining boisi ham shunda.

Shu bois, viloyat hokimi pedagogik jamoaga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatib, maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan faxriy oʻqituvchilarga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Bunday xayrli tashabbus joylarda tobora keng quloch yozib, oʻsib kelayotgan yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning tafakkur olamini boyitish va ijtimoiy hayotning faol aʼzolari boʻlib yetishishlariga katta turki berishi shubhasiz.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?