Surxondaryo hokimi Jarqoʻrgʻonda sayyor qabul oʻtkazdi

10:00 19 Noyabr 2018 Jamiyat
865 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Jarqoʻrgʻon tumani madaniyat uyi binosida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov sayyor qabul oʻtkazdi. Unda viloyat hamda tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi vakillari,huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul chogʻida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida eʼtibor qaratildi. Toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi taʼminoti, uy-joy, kommunal masalalar, taʼlim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, bank, soliq sohasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan fuqarolarning 133 ta murojaati atroflicha muhokama qilindi. Ularning aksariyati shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, muddat talab etiladigan masalalar qatʼiy nazoratga olindi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Sayyor qabul munosabati bilan tuman markaziy poliklinikasi, Kakaydi qoʻrgʻonidagi Bobur nomli mahalla fuqarolar yigʻinida malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?