Suriyadagi teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 246 kishiga yetdi

16:35 26 Iyul 2018 Dunyo
372 0
Foto: ria.ru

Kecha Suriyaning Es-Suveyda shahrida amalga oshirilgan qator terrorchilik harakatlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 246 kishiga yetdi.

Bu haqda AFP tegishli manbalarga tayanib xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, teraktlar hukumat nazorati ostida bo‘lgan hududlarda uyushtirilgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin. Qurbonlarning 135 nafari tinch aholi vakillaridir. Qolganlar harbiylar va hukumatga tarafdor ko‘ngilli jangchilardir.

Bundan oldin ushbu fojia natijasida 215 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab ushbu shahardagi Suk-el-Xodra bozorida kuchli portlash ro‘y berdi. Keyin El-Musallah tumanida xuddi shunday holat sodir etildi.

Ushbu xunrezlik uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z bo‘yniga olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?