Suriyada oʻta jirkanch jallod-terrorchi qoʻlga olindi - OAV

11:05 05 Sentyabr 2019 Dunyo
252 0

Illyustrativ foto

Suriyalik kurdlar ISHID terrorchilik guruhining eng jirkanch jangarilardan biri, “Rakkadan jallod” laqabini olgan belgiyalik Anuara Xaddushini qoʻlga olishdi deb xabar berdi Sputnik.

Qayd etilishicha, terrorchida yana Abu Sulaymon al-Belgiy ismi ham boʻlgan. U ISHIDning nazorati ostida boʻlgan vaqtda Rakka shahrida 100 kishini qatl qilishda gumonlanmoqda.

“Terrorchi rafiqasi Jyuli Mayes bilan kurd kuchlari tomonidan qoʻlga olindi va hozirgi vaqtda “Suriya demokratik kuchlari”ga tegishli boʻlgan qamoqxonada saqlanmoqda”, - deb maʼlum qildi De Morgen nashri.

Shu bilan bir qatorda Belgiyaning federal prokuraturasi bu jangarini Parij va Bryusellda sodir etilgan terrorchilik harakatlarini moliyalashtirishda gumon qilmoqda.

Hozircha terrorchi Suriyaning oʻzida, Belgiya yoki Fransiyada sud qilishini hozircha nomaʼlum.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?