Suriyada keyingi uch yil ichida 87 mingdan ortiq jangari yoʻq qilingan

15:09 22 Oktyabr 2018 Dunyo
812 0
Foto: topwar.ru

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Janubi-Sharqiy Osiyo(ASЕAN) mudofaa vazirlari va muloqot boʻyicha sheriklarning Singapurda boʻlib oʻtgan beshinchi yigʻilishida 2015 yildan buyon mamlakatning Suriyada terrorchilarga qarshi olib borgan amaliyotlari haqida maʼlumot berdi.

RBKning Rossiya mudofaa vaziri maʼlumotlariga tayanib yozishicha, Suriyada oxirgi uch yilda 87,5 mingdan ziyod jangari oʻldirilib, 1400 ta aholi yashash punkti, umuman olganda, Suriyaning 95 foizdan ortiq hududi ozod qilingan.

Oʻz navbatida, terrorchilarning 122 mingga yaqin obyekti yoʻq qilingan. Sapyorlar Suriyaning 6,5 ming gektar hududi hamda 19 mingta bino va inshootlarni minalardan tozalashgan.

Ayni paytda Suriya aholisining 90 foizdan ziyodi mamlakat harbiylari nazorati ostidagi hududlarda yashayapti.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyi oxirida RF Federatsiya kengashi mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Viktor Bondarev oxirgi uch yilda Suriyada terrorchilarga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar chogʻida Rossiya Qurolli Kuchlari 112 kishi, sakkizta samolyot, yettita vertolyot va bir nechta BTR yoʻqotgani haqida maʼlumot bergandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?