Suriya shimolida terrorchilarning bir necha qo‘mondoni yo‘q qilindi. Ular ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor

17:04 02 Avgust 2018 Dunyo
619 0
Arxiv foto

Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida so‘nggi kunlarda “Hayyat Tahrir ash-Shom” terrorchilik tashkilotining bir necha nafar qo‘mondoni yo‘q qilindi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb yozadi Podrobno.uz.

Rossiya OAVlari xabarlariga ko‘ra, viloyat g‘arbidagi Al-Yoqubiya-Jisr al-Shug‘urna yo‘lida terrorchilik guruhining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassisi, O‘zbekiston fuqarosi Abu Islom Al-O‘zbekiy, tashkilot bosh qo‘mondoni, Misr fuqarosi Abu Bakr Al-Misriy, Balyun shahrida esa dala qo‘mondoni Abu Hamam Al-Turkmaniy o‘ldirilgan.

Qotillik uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?