“Super kontrakt” asosida oʻqishga kiritishni vaʼda bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildilar

10:28 15 Avgust 2019 Jamiyat
117 0

Illyustrativ foto

8-avgust kuni Yakkasaroy tuman IIO FMBga Qashqadaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli Aynovat K.V. muqaddam sudlangan 64 yoshli Ibodulla E. va Togʻaymurot E. larga nisbatan chora koʻrishni soʻrab ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

2017-yil yoz faslida Ibodulla va Togʻaymurotlar daʼvogarni qizi, Qarshi davlat universitetiga oʻqishga kira olmagan 31 yoshli Nafosat K.ni Chirchiq pedagogika universitetiga “super kontrakt” asosida kiritish boʻyicha yordam berishni taklif qilishdi. Buning uchun ular Aynavotdan 3.400 AQSH dollari soʻrashgan. Ayol Ibodulla va Togʻaymurodlarga ishonib, 2017-yil 26-avgustdan 20-sentyabr kuniga qadar Shayxontoxur tumanidagi “Labzak” mehmonxonasi oldida ularga kelishilgan mablagʻni boʻlib-boʻlib toʻlagan.

Tergov jarayonida Ibodulla E. va Togʻaymurot E. kuz faslida Qashqadaryo viloyatida yashovchi 56 yoshli Nuriddin A. ga ham shunga oʻxshash taklif bildirishgan. 23 yoshli oʻgʻli Ortiq A.ni Chirchiq pedagogika universitetiga “super-kontrakt” asosida oʻqishga kiritishga yordam bermoqchi boʻlgan Ibodulla va Togʻaymurotlarga ishongan Nuriddin 3.100 AQSH dollarini 2017-yil sentyabr-oktyabr oylari mobaynida Yakkasaroy tumanidagi Bobur istirohat bogʻi oldida ularga pulni berib yuborganligi aniqlandi.

Ammo ikkala sherik vaʼdasida turmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan. Hozirda ikkala holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?