Sumalak kovlagan insonga hamisha omad yor boʻladi

13:37 14 Mart 2019 Jamiyat
440 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi Online”. Saidjon MAXSUMOV. Bu yilgi bahor oʻlkamizga yaxshi yangiliklar bilan tashrif buyurdi. Har yerda obodonlashtirish, har koʻngilda yaratish ishtiyoqi. Ezguliklar belanchagi Navroʻzi olam tashrifiga ham munosib sovgʻalar tayyor.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shu kunlarda xalqimiz bunyodkorligining yorqin namunasi boʻlgan “Humo Arena” majmuasining foydalanishga topshirilishi ulardan biri. MDHda yagona muz saroyining tantanali ochilish marosimi ertaga boʻlib oʻtadi. Bugun esa tadbir mehmonlari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Sevimli” telekanali tashabbusi bilan tashkil etilgan Navroʻz bayrami tadbirlarida ishtirok etish uchun Ohangaron tumaniga yoʻl olishdi. Bu xorijlik mehmonlarning oʻzbek xalqining qadriyatlari bilan yaqindan tanishish, ular haqida chuqur tasavvurga ega boʻlishiga zamin yaratdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

— Oʻzbekistonda bahor nihoyatda chiroyli oʻtar ekan, — deydi Buyuk britaniyalik jurnalist Skot Ellit. — Bu goʻzal diyorga ilk bor kelishim. Navroʻz shukuhini har qadamda his qilyapman. Bu onlar nihoyatda unutilmas va yoqimli. Atrofdagi oʻrik va bodom gullari manzaraga yanada fusunkorlik baxsh etgan. Chechaklarning xush ifori, shoʻx oʻyin-kulgi, quy-qoʻshiqlar, sumalak va halimning lazzatli taʼmi, dovyurak dorboz va polvonlarning shijoati, odamlarning yuz-koʻzidagi quvonch bilan uygʻunlashib ketgan. Bularning barchasi fantastika. Ayni paytda Angliyada yomgʻir yogʻmoqda. Bu zaminning ob-havosi esa oʻzbekistonliklar kabi mehmondoʻst va iliq. Hayot tashvishlarini batamom unutdim. Ish jarayonidagi stresslarim tumandek tarqab ketdi. Albatta, bunday ilhombaxsh lahzalar haqida chiroyli esse yozaman.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Ishtirokchilar saylda polvonlar bellashuvi, “Yor-yor” va “Oʻlan” aytishuvlari hamda bahorning shoh taomi sumalak tayyorlash jarayoniga guvoh boʻlishdi. Masxaraboz va dorbozlarning chiqishi esa ularga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"Фото: Ҳасан Пайдоев / «Халқ сўзи»

Milliy taomlar bilan bezatilgan bayram dasturxoni xalqimizning toʻkis hayoti, mehmonnavozligining amaldagi ifodasi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Nozik did va qalb mehri bilan yaratilgan hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi barchada katta qiziqish uygʻotdi. Oʻymakorlar, kulollar hamda charmga badiiy ishlov beruvchi ustalarning ijod namunalari, soʻzanayu zardoʻzlik ishlarida Oʻzbekistoning oʻziga xos anʼanalari mujassam. Bularning bari tashrif buyuruvchilarda bir umrga tatigulik taassurotlar qoldirmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?