“Sulaymon oʻlib, devlar qutilgan” zamon xaqida oʻqishli roman

15:23 11 Mart 2020 Madaniyat
323 0

Ultontozning kimligini, bitta-yarimtalarni hisobga olmasak, koʻplar yaxshi biladi. Alpomish Kashalga ketib, yetti yil zindonda qolganida choʻridan dunyoga kelgan Ultontoz nafaqat uning taxtini, balki seviklisi Oybarchinni ham oʻziniki qilishga oʻlib-tiriladi. Sulaymon oʻldi, devlar qutildi, degani shu boʻladi...

Endi Olim Toshboyevning kuni kecha Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan “Ultontoz” romani haqida ikki ogʻiz gap. Asarda shoʻrolar tuzimi yurtimizning janubida, xususan, Boysunda qanday oʻrnatilgani, bunda Alpomishlar bir chetda qolib, Ultontozlar hukm yuritgani yuqori badiyat bilan ochib berilgan. Kitob mutolaasi jarayonida xalqimizning oʻsha paytdagi achchiq va alamli hayoti koʻz oldingizda gavdalandi va beixtiyor ota-bobolarimizga oson boʻlmagan ekan-da, degan xayolga borasiz.

Yana bir eʼtiborli jihati shuki, shu paytgacha adabiy tilimizdan oʻrin berilmay kelayotgan “tirik” sheva soʻzlari adabiy laboratoriyaga tortilgan va muhimi, bu tajriba oʻzini oqlagan.

Hali bu asar haqida fikrlar koʻp. Qolganini uni qayta-qayta mutolaa qilgandan keyin gaplashaveramiz...


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?