Sudlarga jarima va davlat bojlari hisobidan ish haqi belgilanadi

23:04 24 Iyul 2020 Hujjatlar
313 0

Shavkat Mirziyoyev “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

Hujjatga asosan, Moliya vazirligiga sud tizimining sudyalari va xodimlarining moddiy taʼminotini 2021-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq Davlat byudjetiga oʻtkazish va ularning ish haqini oshirish boʻyicha taklif kiritish topshirilmoqda.

Xorijiy davlatlarda sud tizimining moddiy taʼminoti toʻliq Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Sudlar tayinlagan jarima va davlat bojlarining 40 foizi (oʻrtacha 260 mlrd soʻm) sudning byudjetdan tashqari fondiga yoʻnaltirilmoqda va uning hisobidan oʻzlariga ish haqi berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?