Sudyalarning maxsus kiyimi qanday koʻrinishda boʻladi?

14:55 12 Oktyabr 2019 Jamiyat
117 0

Illyustrativ foto

Yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

Xoʻsh, sudyalarining maxsus kiyimi qanday koʻrinishda boʻladi?

Jumladan, respublika sudlari sudyalari uchun maxsus kiyim rangi toʻq-koʻk boʻlsa, Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun toʻq-olcha rangda va tarkibi 70 foiz jundan iborat boʻlishi belgilanmoqda.

Sudyalik maxsus kiyimi toʻplami: maxsus kiyim, manishka va ipak boʻyinbogʻ-plastron sudyalarning individual tana oʻlchamlari boʻyicha, faqatgina sudyalik guvohnomasi asosida buyurtmaga qabul qilinishi, sudyalik maxsus kiyimining toʻplami uchun ishlatiladigan mato qishki va yozgi holati boʻyicha oʻzgarishi mumkinligi, shuningdek, sudyalik maxsus kiyimining foydalanish muddati 2 yil etib belgilanmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 500 mln. soʻm qoʻshimcha xarajatlar talab qilinishi tegishli idoralar bilan kelishilgan.

Majlisda sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat “Sudlar toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunlari talabini amalda ijro etilishi, balki odil sudlovni amalga oshirish borasida umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzi oshishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Yalpi majlis davom etmoqda.

Rahim ShERQULOV, 
“Xalq soʻzi onlayn”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?