Sudanda toshqindan jabrlanganlar soni 720 mingga yetdi

00:09 17 Sentyabr 2020 Dunyo
151 0

Sudanda soʻnggi toʻrt kun ichida toshqindan jabrlanganlar soni 160 mingga koʻpayib, deyarli 720 mingga yetdi. 102 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi.

Bu haqda “Sinxua” agentligi BMTning gumanitar tuzilmalariga asoslanib xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Sudanda 71 mingdan ziyod uy vayron boʻlgan, yana 72 minggiga zarar yetgan, 3,3 ming bosh chorva mollari nobud boʻlgan.

Mamlakat hukumati, BMT muassasalari hamda nodavlat tashkilotlar tomonidan 200 ming kishiga tibbiy, oziq-ovqat va boshqa yordam koʻrsatilgan.

Garchi Moviy Nil boʻyidagi kuzatuv stansiyalari dam olish kunlari suv sathining 3 mm pasayganligini qayd etgan boʻlsada, meteorologlar kuchli yomgʻir va toshqinlar haqida ogohlantirishmoqda.

Avvalroq Sudan Xavfsizlik va mudofaa kengashi toshqinlar sababli mamlakatda uch oy muddatga favqulodda holat joriy etgani va uni tabiiy ofat zonasi deb eʼlon qilgani haqida xabar berilgan, eng koʻp zarar koʻrgan hududlardan biri esa mamlakat poytaxti Xartum boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?