Sud qarori bilan toʻrt nafar shaxs oqlandi

16:36 16 Iyul 2019 Jamiyat
322 0

Illyustrativ foto

Bu haqda Navoiy viloyat iqtisodiy sudida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi. Shuningdek, mazkur anjumanda Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati sudlarida ishlar salmogʻi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 58,4 foizga kamayganligi taʼkidlandi.

Ishlar tahlilidan qasddan odam oʻldirish 44,4 foizga, odam savdosi 57,1 foizga, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish jinoyati 13,7 foizga, firibgarlik 38,2 foizga, oʻgʻirlik 32,3 foizga, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish 40,7 foizga kamayganligini kuzatish mumkin.

Fuqarolik ishlari sudlarida esa 3,5 mingdan ortiq fuqarolik ishi mazmunan koʻrilib, ularning 84,3 foizi boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan. 5,3 foizi boʻyicha fuqarolik ishlari harakatdan tugatilgan, qolgan daʼvo arizalari qonuniy asoslarga koʻra koʻrmasdan qoldirilgan.

Maʼmuriy sudlar tomonidan 10,5 mingga yaqin shaxsga nisbatan 8 ming 271 maʼmuriy ish, 391 ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar koʻrib tamomlangan.

Huquqbuzarlik uchun jazo tayinlash amaliyotining tahlili viloyat boʻyicha umumiy maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlangan shaxslardan 5 ming 663 nafariga jarima, 101 shaxsga maxsus huquqdan mahrum qilish, 328 shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi belgilangani, 14 shaxs deportatsiya qilinganligini koʻrsatadi.

Navoiy viloyat iqtisodiy sudining katta mutaxassisi Xurshidjon Allayorovning maʼlum qilishicha viloyatda Iqtisodiy sudlar tomonidan 2 ming 326ta ish koʻrib chiqilib, daʼvogarlar, shu jumladan xususiy tadbirkorlik subyektlar foydasiga 169 milliard soʻmdan ziyod zarar undirilgan. Daʼvo ariza va arizalarini taqdim etishda respublika byudjetiga ixtiyoriy toʻlangan davlat boji 433 million soʻmni, sud qarorlariga asosan undirilishi belgilangan davlat boji miqdori esa 3 milliard 221 million soʻmni tashkil etadi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?