“Sturgeon Capital LTD” — IT-Parkning yangi hamkori

14:46 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
109 0

IT-Park “Sturgeon Capital LTD” (Buyuk Britaniya) investitsiya fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

“Sturgeon Capital LTD” — Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yoʻli mintaqasiga investitsiya kiritishda 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan Britaniyaning investitsion kompaniyasidir.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistondagi texnologik ekotizim, startap-segmentlar va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish, xususan, qoʻshma moliyalashtirish modelini va aniq startap loyihalariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini aniqlash, baholash va kelishish jarayonini ishlab chiqish, startap loyihalarni moliyalashtirish kabi bir qator loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?