Straus House ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

11:41 28 Iyul 2020 Jamiyat
572 0

Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, sudlanuvchilar I. Isroilov (Straus House MCHJ taʼsischisi, 1993-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan), A. Maxmutaliyev (Straus House MCHJ direktori, 1995-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan), D. Qutpiddinov (Straus House MCHJ direktori oʻrinbosari, 1994-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) va O. Saidov (Straus House MCHJ bosh hisobchisi, 1961-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoiy ish jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi sudyasi O. Ilhomjonov raisligida koʻrib chiqildi.

I. Isroilov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolgʻon guvohlik berish) 3-qismining “a” bandi bilan oqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash)ning 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish)ning 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil oʻtash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Maxmutaliyev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil oʻtash uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

D. Qutpiddinov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil oʻtash uchun 8 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

O. Saidov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil oʻtash uchun 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi yuzasidan xatlangan mol-mulk tegishli tartibda jabrlanuvchilarga nisbatan yetkazilgan zararlar oʻrnini proporsional tartibda qoplash uchun qaratilishi belgilandi.

Sudlanuvchilar I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda tegishli tartibda davlat foydasiga 222 386 043 soʻm undirilishi belgilandi.

I. Isroilovdan EZOZ MAX va SFS MAX MCHJlarning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda Straus House MCHJning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilar foydasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori undirilishi belgilandi.

Jinoyat ishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ATIB “Ipoteka bank” Mehnat filiali hisob-raqamida saqlanayotgan hamda xatlangan Pokiston Islom Respublikasining Chemikals & Marbels Lahore Pakistan kompaniyasiga tuyaqush joʻjalarini sotib olish maqsadida shartnomaga asosan koʻchirilgan 1 854 000 000 soʻm miqdoridagi pullar tegishli tartibda yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga proporsional tartibda qaratilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?