Startaplarni tashkil etish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish uchun davlat dasturlari ishlab chiqiladi

13:46 04 May 2020 Jamiyat
234 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda videokonferensaloqa tarzida tadbir oʻtkazdi.

Unda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish va jadal rivojlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Parlamentning tegishli qoʻmitasi tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekspertlar hamjamiyati bilan faol hamkorlik amaliyoti keng qoʻllanilmoqda. Buning natijasida barqaror innovatsion rivojlanishni taʼminlaydigan, milliy iqtisodiyotning texnik va texnologik rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yaratilmoqda. Bunday hamkorlik davomida murakkab ijtimoiy jarayonlarni huquqiy tartibga solishning istiqbolli prognoz modellari ishlab chiqilib, keyinchalik tegishli qonun loyihalarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Tadbirda yuqori samarali va qayta tiklanadigan keng koʻlamli biznes modellarini izlash va qoʻllab-quvvatlashga mos eko-tizim yaratish masalalari, moliyaviy mexanizmlarni huquqiy tartibga solishning prognoz modellari muhokama qilindi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Startaplar toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi koʻrib chiqildi. Qonun loyihasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

startap-ekotizimni rivojlantirish uchun qulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar yaratish;

boshlangʻich ekotizimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

startaplarni tashkil etish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish uchun davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini belgilash;

startap-ekotizim qatnashchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish;

Venchur industriyasini rivojlantirish va hamkorlik tashkilotlarini ragʻbatlantirishda yordam berish shakllarini aniqlash va boshqalar.

Davra suhbati ishtirokchilari – deputatlar, innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari, olimlar, innovatsion rivojlanish sohasidagi milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan qonun loyihasining matniga muhim izoh va takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida tayyorlangan qonun loyihasining istiqboli va ahamiyatiga koʻra, uni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kelishuv tartib-taomillari asosida tezroq yakunlash va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?