Hindiston va Pokiston SHHT uchun boshogʻriq boʻladimi?

13:38 09 Avgust 2019 Jamiyat
2571 0

Vladimir Norov Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik SHHTga qanday taʼsir qilishiga izoh berdi.

Pekin shahrida “Xalq soʻzi” va OʻzA muxbirlari SHHT Bosh kotibi Vladimir Norovdan eksklyuziv intervyu oldi. Tashkilotning yangi Bosh kotibi ushbu lavozimga kirishganidan buyon oradan yetti oy oʻtib qanday ishlar amalga oshirilgani, Oʻzbekiston Prezidentining SHHTga taalluqli tashabbuslari haqidagi suhbatning toʻliq matni bilan gazetamizda tanishishingiz mumkin.

Muloqot chogʻida u ikki yangi aʼzo - Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik tashkilot faoliyatiga qanday taʼsir qilishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

-Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida soʻnggi vaqtlarda yuzaga kelgan keskinlik munosabati bilan manfaatdor tomonlar bosiqlik koʻrsatadi va oqilona yoʻl tutadi, deb oʻylaymiz, - dedi V.Norov.

Uning fikricha, ushbu mamlakatlar Shanxay hamkorlik tashkiloti prinsiplari, maqsadlari hamda vazifalari, shuningdek, erishilgan xalqaro kelishuvlarga rioya etishlari muhimdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?