SSV tomonidan keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan — Prezident

21:45 15 Iyul 2020 Jamiyat
1286 0

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat muhokama qilindi.

Yigʻilishda qayd etilishicha, koronavirus kasalligi yurtimizga kirib kelganidan beri davlatimiz rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yigʻilishda bu masalaga toʻxtalib oʻtmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan selektorda ham joylarda bu boradagi ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitilgan edi. Ularning hozirgi murakkab vaziyatni toʻgʻri baholay olmayotgani, xavfni tushunib yetmayotgani ayonlashdi.

Ayniqsa, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni oʻrganmagan, dedi bugungi yigʻilishda davlatimiz rahbari. “Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni oʻz vaqtida va toʻgʻri davolash uchun masʼuliyatni his qilmagan.”

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti oʻzgartirilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?