SSB mutaxassisi pora evaziga fuqaroni koronavirus bilan kasallanganlarni davolash markaziga ishga kiritmoqchi boʻldi

16:43 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
343 0

Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutaxassisi, Jizzax shahri “Uchariq” mahallasida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan Sh.T. “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni saralash va davolash markaziga ishga kirmoqchi boʻlganlar hisobidan boyimoqchi boʻldi. 

Aniqrogʻi, u mazkur markazga ishga kirish niyatini bildirgan Jizzax shahridagi xususiy klinikada laborant boʻlib ishlovchi, Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan J.R.dan 2 million soʻm pora soʻradi.

Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Tabiiyki, J.R. tegishli organga murojaat qildi. Shu asosda tezkor tadbir uyushtirilib, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidagi xizmat xonasida 2 million soʻmni pora sifatida olgan Sh.T. ushlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?