Sportchilarimizning munosib sovgʻasi

10:16 01 Sentyabr 2019 Sport
313 0

Joriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida XXI jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada dunyoning 96 ta davlatidan 2640 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Kuchli bellashuvlardan soʻng Oʻzbekiston Tayekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi:

Otajanov Shoxrux (64 kg vaznda) – 2-oʻrin;

Xudoyberdiyev Valijon (52 kg vaznda) – 3-oʻrin;

Saidov Behruz (85 kg vaznda) – 3-oʻrin.

1-sentyabr kuni terma jamoamiz aʼzolari Oʻzbekistonga qaytib kelishlari kutilmoqda.

Assotsiatsiya rahbari
Laziz Xasanov


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?